Sport | 08:56 / 26.06.2015
1737
1 daqiqa o‘qiladi

Luis Enrike "Barselona" rahbariyatidan Iborrani sotib olib berishni so‘radi

"Sevilya" jamoasining 27 yoshli ispaniyalik yarimhimoyachisi Visente Iborra "Barselona" jamoasining qiziqishlari doirasiga tushdi.

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Luis Enrike bu futbolchining sotib olinishiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. U jamoa prezidenti Xosep Bartomeudan Iborrani transfer qilishni so‘ragan.

Ayni vaqtda Bartomeu bu boradagi harakatlarini boshlagan.

Ma'lumot uchun, Iborra yakunlangan mavsumda "Sevilya" tarkibida Ispaniya chempionatining 26 o‘yinida maydonga tushdi hamda 7 gol urib, bir marta golli pasni amalga oshirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish