Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mushtumzo‘r bosqinchi o‘z qilmishi uchun javob beradigan bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Sirdaryo viloyati Yangier shahar ichki ishlar bo‘limiga 27 yoshli ayol murojaat qilib, noma'lum shaxs uning uyiga bostirib kirib, unga zo‘ravonlik qilib, tan jarohati yetkazgan holda bosqinchilik yo‘li bilan uch yuz qirq ming so‘m pulini tortib olib, voqea joyidan yashiringanini ma'lum qilgan.
Shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida bosqinchilikni «Navro‘zobod” mahallasida yashovchi 30 yoshli fuqaro sodir etgani fosh etildi va jinoyatchi qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.