Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 20:41 / 26.06.2015
1478
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonlik yengil atletikachi Osiyo Gran-pri seriyasida ikkinchi o‘rinni egalladi
Tailandda yengil atletika bo‘yicha Osiyo Gran-pri seriyasining ikkinchi bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etdilar. O‘zbekiston vakili Bobur Shokirjonov nayza uloqtirishda 78,12 metr natija bilan 2-o‘rinni egalladi. 1-o‘rinni 79,36 metr natija bilan Xitoy Taypeyi vakili Xuan Shin Feng qo‘lga kiritdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish