Jahon | 00:20 / 26.06.2015
3203
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Ukrainada xorijiy harbiylar joylashishi haqidagi qonunni imzoladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukrainada tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro operatsiya o‘tkazishni ta'minlovchi qonunni imzoladi. Bu haqda Ukraina prezidenti saytida ma'lum qilindi.

“2015 yil 4 iyunda qabul qilingan № 510-VIII qonuni Ukraina hududida tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro operatsiyani o‘tkazishda boshqa davlatlar qurolli kuchlari bo‘linmalarining mamlakat hududiga kirishi va joylashishi masalalarini tartibga soladi”, deyilmoqda xabarda.

Ukraina Oliy Radasi iyun boshida Ukrainaga xorijiy harbiylarning kirishiga izojat beruvchi qonun me'yorini qabul qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish