Jamiyat | 21:50 / 26.06.2015
3048
2 daqiqa o‘qiladi

Talonchilar uy egasining qarshiligiga uchradilar

O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida noma'lum shaxslar talonchilik qilish maqsadida Asaka ko‘chasida yashovchi bir fuqaroning uyiga bostirib kirib, jabrlanuvchiga nisbatan kuch ishlatgan holda, pul talab qilishgan. Biroq jabrlanuvchi ham bo‘sh kelmay, bosqinchilarga munosib qarshilik ko‘rsatgan. Natijada jinoyatchilar o‘z urinishlari behuda ekanligini tushunib, voqea joyidan yashirinishgan.
Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar xodimlari jabrlanuvchi hamda uning qo‘ni-qo‘shnilaridan voqea tavfilotlarini aniqlashtirib, voqea joyini ko‘zdan kechirib chiqishgan hamda jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchilarning alohida belgilarini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan.
Tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni sodir etgan ikki nafar jinoyatchining shaxsi aniqlandi va ular tezkorlik bilan qo‘lga olindilar.
Mazkur bosqinchilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish