Jamiyat | 16:57 / 26.06.2015
4232
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada havo sharining qulashi oqibatida 18 kishi zarar ko‘rdi

Turkiyaning Kappadokiya viloyatidagi turistik zonada havo sharining tushib ketishi oqibatida 18 kishi jarohat oldi. Bu haqda Daily Sabah gazetasi xabar berdi.
Havo shari bortida 14 nafar xitoylik, 2 amerikalik, 1 braziliyalik va 2 gretsiyalik sayyoh bo‘lgan; havo sharini turkiyalik mutaxassis boshqargan. Jarohatlanganlarning hayotlari tahlikada emas. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish