Jahon | 10:56 / 26.06.2015
9815
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada to‘rtburchak tarvuzlar sotuvga chiqarildi

Yaponiyaning Sikoku orolida joylashgan Dzentsudzi shahri qishloq xo‘jaligi kooperativi do‘konlarga joriy yilgi hosildan olingan to‘rtburchak tarvuzlarni chiqara boshladi.

To‘rtburchak tarvuzlar mahalliy fermerlar tomonidan yetishtiriladigan noyob mahsulotdir. Uning shakli qiziqish uyg‘otadi hamda tashish uchun qulayroq, shu bilan birga, hosilning 20-30 foizi iste'molga yaroqsiz deb topiladi. To‘rtburchak tarvuz kub shaklida bo‘lib, har bir tomoni 18 sm.ni tashkil qiladi. Shahar qishloq xo‘jaligi kooperativi bu mahsulotni yetishtirish usulini 30 yil muqaddam topgan.

To‘rtburchak tarvuz Kanada va Rossiyaga ham chiqariladi. Bitta tarvuzning narxi 15 ming iyenani (120 dollar) tashkil qiladi. O‘tgan yili Rossiyada bunday tarvuzlarning donasi 800 dollarga sotilgan.
Birinchi partiya 250 tarvuzdan iborat bo‘ldi. U allaqachon sotib bo‘lingani aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish