Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada vokzal boshlig‘i hisoblangan mushuk vafot etdi
Yaponiyada provintsial temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i hisoblangan 16 yoshli Tama laqabli mushuk o‘ldi. Mushuk dam olish kunlari dafn qilinadi, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.
Tama 2007 yilda Vakayama prefekturasidagi Kisi stansiyasi boshlig‘i qilib tayinlangandan keyin hammaning yoqimtoyiga aylandi. Bungacha mahalliy temir liniyasi ziyon ko‘rayotgan edi, Kisi stansiyasidan esa bundan bir yil avval oxirgi xodim ham ishdan bo‘shab ketgan edi.
Temiryo‘l platformasida temiryo‘l xizmatchisining bosh kiyimida sayr qilib yuradigan uch rangli Tama tezda mashhur bo‘lib ketdi. Uni ko‘rish uchun butun Yaponiyadan minglab sayyohlar kelar edi. Ular suvenirlar sotib olib, mahalliy biznesning rivojlanishiga kuchli turtki berdilar. Mushuk tufayli Kisigava temiryo‘li liniyasidan foydalanadigan yo‘lovchilar soni 55 minggacha o‘sdi. Bu esa mahalliy iqtisodiyotga 1,1 mlrd iyen (88 mln dollar) foyda keltirdi.
2013 yilda Tama bunday yutuqlar uchun Wakayama Electric Railway temiryo‘l kompaniyasining vitse-prezidenti lavozimiga nomzodi qo‘yildi. Mushuk 2008 yilda Vakayama prefekturasi gubernatori tomonidan mukofotlangan.