Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cadena Cope: Krishtianu Ronaldu Ramosdan «Real»da qolishini so‘radi
Krishtianu Ronaldu jamoadoshi Serxio Ramosdan madridliklar safida qolishini so‘radi. Mayamida hordiq chiqarayotgan Ronaldu Ramos bilan bu haqda telefon orqali gaplashgani xabar qilinmoqda.
Avvalroq, Ramos “MYu”ga o‘tishi mumkinligi aytib o‘tilgandi. U maosh borasida “Real” bilan kelisha olmayapti. U jamoadan yiliga 10 mln yevro maosh so‘ragan, jamoa esa 7,5 mln yevrodan ko‘p to‘lamasligini ma'lum qilgan.
Ronaldu Ramos bilan suhbat chog‘ida undan jamoada qolishni so‘rab, agar u ketadigan bo‘lsa ichki muhit avvalgidek yaxshi bo‘lmasligini aytgan.
“MYu” Ramosga yiliga 10 million yevro maosh bilan 5 yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Biroz oldinroq, "MYu" tomonidan futbolchi uchun "Real"ga 50 mln yevrodan iborat taklif jo‘natgan, lekin Madrid jamoasi bu taklifni rad etib, o‘z futbolchisini 90 mln yevrodan kam narxga sotmasligini ma'lum qilgandi.