Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 11:52 / 27.06.2015
1658
1 daqiqa o‘qiladi
Samyuel Eto’O faoliyatini Turkiyaning “Antalyaspor” klubida davom ettiradi
"Sampdoriya” jamoasining kamerunlik sobiq hujumchisi Samyuel Eto’O faoliyatini “Antalyaspor” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
Sky Sport Italia nashri ma'lumotiga ko‘ra, 34 yoshli ushbu futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lgan va turk klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolash arafasida turibdi.
Yakunlangan mavsumda Eto’O Italiya A seriyasining 18ta o‘yinida ishtirok etib, 2ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish