Jahon | 17:11 / 28.06.2015
4376
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvayt TIV shialar masjidida o‘zini portlatgan terrorchi suratini e'lon qildi

Kuvayt Tashqi ishlar vazirligi saytida 26 iyun kuni mamlakat poytaxti El-Kuvayt shahrida o‘zini portlatib, 27 kishining hayotiga zomin bo‘lgan terrorchining surati chop etildi.

Kuvayt TIV ma'lumotiga ko‘ra bu shaxs avval qidiruvda bo‘lgan Fahad Sulaymon Abdul Muhsin al-Kabbaa hisoblanadi.

"Saudiya Arabistoni fuqarosi bo‘lgan bu terrorchi 26 iyun kuni Kuvayt chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tgan va o‘z niyatini amalga oshirishga ulgurgan", deyiladi xabarda.