Sport | 19:49 / 28.06.2015
2412
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya terma jamoasi Yevropa o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi

Rossiya terma jamoasi sportchilari Bokudagi ilk Yevropa o‘yinlarida norasmiy umumjamoa medal hisobotida g‘alaba qozondilar. Musobaqada hammasi bo‘lib 20 ta sport turi bo‘yicha 243 ta medallar komplekti o‘ynaldi. Rossiyalik sportchilar jami 164 ta medal: 79 ta oltin, 40 ta kumush va 45 ta bronza medal qo‘lga kiritishdi.

Quyida musobaqadagi 4 ta yetakchi jamoa nomi va ular qo‘lga kiritgan medallar soni keltirilgan:

1. Rossiya – 164 ta medal (79 ta oltin, 40 ta kumush va 45 ta bronza).
2. Ozarboyjon – 56 ta medal (21, 15, 20).
3. Buyuk Britaniya – 47 ta medal (18, 10, 19).
4. Germaniya – 66 ta medal (16, 17, 33).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish