Jahon | 13:50 / 29.06.2015
3152
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda Tolibon hujumi oqibatida 10dan ortiq harbiy halok bo‘ldi

Tolibon terrorchi guruhi tomonidan uyushtirilgan hujum natijasida Afg‘onistonning 11 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi, yana 9 nafari jarohatlandi. Bu haqda Pajvok agentligi xabar bermoqda.
Afg‘onistonda terrorchi guruhlarga qarshi kurash ko‘pdan buyon davom etmoqda. Bu safargi hujum Hirot viloyatida sodir etilgan.
Hujum qilganlar qurol-yarog‘ va o‘q-dori o‘g‘irlab ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish