Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurlik tadbirkor o‘z biznesida Ronalduning qiyofasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritdi
Singapurlik milliarder Piter Lim portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning qiyofasidan o‘z kompaniyasi faoliyatida foydalanish huquqiga ega bo‘ldi.
29 iyun kuni ikki tomon bu borada 6 yillik shartnomaga kelishgan, lekin bitimning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmagan.
O‘zaro kelishuvga ko‘ra, Piter Lim boshqaradigan Mint Media kompaniyasi ko‘rsatilgan muddat davomida Ronalduning "Real" libosidagi qiyofalaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan.
Piter Lim Forbes ro‘yxatida singapurlik badavlat kishilar orasida sakkizinchi o‘rinda qayd etilgan.
Lim bu bitim o‘z kompaniyasining Osiyo bozorida muvaffaqiyatga erishishida katta xizmat qilishiga ishonch bildirgan.
Ma'lumot uchun, Krishtianu Ronaldu dunyoning eng ko‘p daromad ko‘radigan sportchilari orasida uchinchi o‘rinda turadi. Uning 2014 yildagi daromadi 79,6 mln dollarga teng bo‘lgan.