Iqtisodiyot | 22:00 / 29.06.2015
4162
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada Uber taksi xizmatining ikki rahbari hibsga olindi

Parijda Uber onlayn-taksi xizmatining Yevropa bo‘yicha rahbari Per-Dimitri Gor-Koti va kompaniyaning Fransiyadagi rahbari Tibo Simfal hisbga olindi. Bu haqda Le Monde nashri xabar bermoqda.

Ushbu hibsga olishlar UberPop dasturi bo‘yicha olib borilayotgan tergov ishi doirasida amalga oshirildi. Fransiya hukumati dastur va uning mijozlari o‘rtasidagi aloqalarni noqonuniy deb hisoblamoqda.

Parijda taksichilar dasturga qarshi katta miqyosdagi norozilik namoyishlari o‘tkazmoqdalar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish