O‘zbekiston | 13:39 / 29.06.2015
2982
1 daqiqa o‘qiladi

Latviyada 625 nafar o‘zbekistonlik talaba o‘qiydi

Latviyada 625 nafar o‘zbekistonlik talaba o‘qiydi. Bu haqda Latviya ta'lim va fan vaziri Marite Seyle ma'lum qildi.
“Jahon” axborot agentligining yozishicha, ikki davlat o‘rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan.
“Ayni paytda munosabatlarimiz yana chuqurlashmoqda. Mamlakatimizda O‘zbekistondan 625 nafar talaba o‘qiyotganidan mamnunmiz. Umid qilamanki, ular yurtiga qaytib, xalqi uchun ishlaydi”, – dedi Seyle xonim.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish