Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:45 / 29.06.2015
1977
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istonliklar Nazarboyevga elektron maktub yo‘llay oladi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy saytining yangilangan versiyasi 3 iyul kuni ishga tushadi. Bu haqda Oq O‘rda rasmiy saytiga tayangan holda Zakon.kz axborot berdi.
Aytilishicha, yangi saytga bir qator qulayliklar kiritiladi. Jumladan, sayt strukturasi va navigatsiya yangilanadi, dizayn planshetlar va smartfonlarga moslashtiriladi, shuningdek, “Prezidentga xat” xizmati yordamida davlat rahbariga elektron maktub yuborish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish