Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda 20 kun ichida 2.2 mln dona maktab darsligi chop etiladi
Afg‘oniston ta'lim vaziri Asadulla Xanif Balxiy mahalliy nashriyotlar bilan maktab darsliklari chop etish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, 20 kun ichida ular 2.2 mln dona darslik chop etib berishi talab qilinadi.
Balxiy bu kitoblar Afg‘oniston maktablaridagi darslik yetishmovchiligini bir qadar hal qiladi.
“Joriy o‘quv yilida bizga 42 mln darslik kerak bo‘ladi. Lekin hozircha bor-yo‘g‘i 7 mln kitob chop etildi”, – dedi u.
1.6 mln dona darsliklarni chop etish xarajatlarini o‘z zimmasiga AQSh xalqaro rivojlanish agentligi, Daniya hukumati va YUNISEF oladi.