Sport | 17:16 / 30.06.2015
3339
1 daqiqa o‘qiladi

Miranda "Inter"da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Braziliyalik himoyachi Miranda yaqin vaqt ichida "Inter" a'zosi sifatida e'lon qilinadi.

"Nerazzurilar"ning rasmiy tvitterida uning jamoa bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish holati surati chop etildi.

Biroz oldinroq, "Inter" bu futbolchini "Atletiko"dan 12,5 mln yevro evaziga xarid qilayotgani xabar qilingandi.