Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 22:36 / 30.06.2015
2396
1 daqiqa o‘qiladi
Paolo Maldini Messi Maradonadan o‘zib ketganini aytmoqda
“Milan” va Italiya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi Paolo Maldini hozirgi futbol yulduzlarini Maradona bilan taqqosladi.
“Messi, Neymar va Suares fenomenal futbolchilar, ularning statistikasi bundan dalolat bermoqda. “Barselona” tarixga kirib bo‘ldi, uning taqdiriga ko‘plab rekordlarni o‘rnatish bitilgan.
Messi dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi. Fikrimcha, Lionelning oxirgi yillardagi muvaffaqiyatlari hisobga olinsa, u Maradonadan o‘zib ketdi”, deb aytmoqda Maldini.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish