Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Real" Bonuchchiga yiliga 4 mln maosh berishni va'da qilmoqda
"Real" jamoasi "Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchiga qiziqishda davom etmoqda.
Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, Serxio Ramos jamoani tark etadigan bo‘lsa, uning o‘rniga shu futbolchi olib kelinishi mumkin.
Madridliklar bu 28 yoshli futbolchi uchun turinliklarga 30 mln yevro berishga hamda futbolchining o‘ziga yiliga 4 mln yevro miqdorida maosh to‘lashga tayyorligi aytilgan.
Taqqoslash uchun, Bonuchchining "Yuventus"da oladigan maoshi 2 mln yevroga teng.
Biroz oldinroq, "Yuventus" bu futbolchi bilan shartnomani 2019 yilgacha uzaytirish hamda uning yillik maoshini 3,5 mln yevroga ko‘tarish borasida kelishuvga erishgani ma'lum bo‘lgandi.