Jamiyat | 07:46 / 01.07.2015
3546
2 daqiqa o‘qiladi

Ekologiya masalasining dolzarbligi O‘zbek Milliy akademik drama teatri sahnasida ham o‘z aksini topdi

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida yozuvchi Qo‘chqor Norqobilning “Zamindan olis ketma” asari asosidagi spektaklga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda dramaturglar, rejissyorlar, san'atshunoslar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

"Asar insonning tabiatga bo‘lgan mehri, munosabati haqida. Tabiatni qadrlagan inson yurtini, uning boyliklarini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylaydi. Xalqimiz qadimdan ko‘chat ekib, bog‘ yaratishni, o‘zi yashayotgan maskanni obod etishni insoniy burchi, deb bilgan. Bugun ana shu ezgu an'analar davom etib, mamlakatimizning shaharu qishloqlari, ko‘chayu xiyobonlari kun sayin o‘zgarib, tobora chiroy ochib bormoqda. Bu xalqimizning obodlikka, bunyodkorlikka intilishi samarasidir. Spektakl mohiyatida ushbu g‘oya mujassam", – deydi spektakl rejissyori Nodira Mahmudova.

Tadbirda jurnalistlarning savollariga ijodkorlar tomonidan javob berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish