O‘zbekiston | 00:40 / 01.07.2015
2737
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda innovatsion faoliyatni yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining “O‘zbekistonda innovatsion faoliyatni yanada takomillashtirishning bugungi holati” mavzucidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, vazirlik va idoralar, oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari N.Umarov, Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi A.Shodmonov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari O.Parpiyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Vatanimiz ilmiy-texnik salohiyatini yanada mustahkamlash, fan yutuqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng dolzarb masalalarini hal etishga yo‘naltirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta'kidladi.

Yig‘ilishda vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ijro va byudjyet intizomini mustahkamlash borasidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish