Jahon | 19:56 / 01.07.2015
1967
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Radaga konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha loyihani ko‘rib chiqish uchun kiritadi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 1 iyulda Oliy radaga konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha loyihani ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Bu haqda “112 Ukraina” telekanali xabar bermoqda.

Poroshenko bu haqda konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar taqdimoti paytida ma'lum qildi.

Avvalgi haftada Ukraina konstitutsion komissiyasi Ukraina konstitutsiyasining hukumatni markazlashtirmaslik qismiga o‘zgartirishlar kiritilishini ma'qullagan edi.

Avvalroq Poroshenko konstitutsiya borasidagi islohotlar mamlakatning “muvaffaqiyatli davlatlar qatoriga” kirishiga imkon berishiga ishonchi komil ekanligini aytgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish