Jahon | 15:58 / 01.07.2015
5647
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada sayyohlar Fudziyama tog‘iga tashriflarni boshlashdi

Yaponiyaning milliy ramzlaridan biri bo‘lgan, vulqoni bilan mashhur Fudziyama tog‘i sayyohlar mavsumi uchun rasman ochildi. Yuzga yaqin sayyohlar joriy yil hisobidan birinchi marta mazkur tog‘ bag‘ri bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilish imkoniga ega bo‘ldi.

TASS axborot agentligining yozishicha, mazkur tog‘ bo‘ylab dastlabki sayyohatni amalga oshirganlar ichida mahalliy aholi vakillari va chet ellik mehmonlar ham bo‘lishgan.

Fudzi tog‘ining eng baland cho‘qqisi 3776 metrni tashkil qiladi. Uni zabt etish uchun hech qanday maxsus alpinistlik jihozlari talab etilmaydi. Tog‘ cho‘qqisiga chiqish taxminan 6 soat vaqtni oladi.

YuNeSKO tomonidan butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan mazkur toqqa yil davomida 400 mingdan ortiq sayohatchilar tashrif buyurishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish