Sport | 13:48 / 02.07.2015
3680
2 daqiqa o‘qiladi

“Uimbldon”da rekord darajadagi issiq harorat qayd etildi

1 iyul kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida davom etayotgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” tennis turniri hududida rekord darajadagi issiq havo qayd etildi.

Tennis bahslari o‘tkazilayotgan majmuaga yaqin joyda joylashgan meteorologik stansiya 35.7° daraja issiq havoni ko‘rsatgan. Bu ma'lumotni Buyuk Britaniya Meteorologiya xizmati ham tasdiqladi.

Bundan oldingi rekord ko‘rsatkich 1976 yilgi turnirda 34,6 daraja issiq bo‘lgandi. Ya'ni, deyarli 40 yillik rekord yangilandi. 

Odatda iyun va iyul oylarida London shahrida havo harorati 21-23 daraja issiqni ko‘rsatadi.

"Katta Dubulg‘a" turkumidagi "eng issiq turnir" Australian Open hisoblanadi. 2014 yilda Avstraliyaning Melburn shahrida o‘tkazilgan Avstraliya Ochiq chempionatida 43,3 darajali issiq harorat kuzatilgandi.

Ma'lumot uchun, Uimbldon tennis turniri 1877 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Bu yilgi bahslar 29 iyun kuni boshlangan bo‘lib, 12 iyul kunigacha davom etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish