Jamiyat | 12:53 / 02.07.2015
13471
2 daqiqa o‘qiladi

2 iyul dunyoda "Noma'lum uchar jismlar kuni" sifatida nishonlanadi

2 iyul butun dunyoda "Noma'lum uchar jismlar kuni" sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram, amerikaliklarning ta'kidlashlaricha, 1947 yil 2 iyulda AQShning Nyu-Meksiko shtatidagi Rozuell shaharchasi yaqinidagi cho‘l hududida o‘zga sayyorliklar “uchar likopchasining” falokatga uchragani bilan bog‘liq holda nishonlanadi.

AQSh maxsus xizmatlari bu ish bo‘yicha barcha hujjatlarni maxfiylashtirganlar, biroq aynan “Rozuell voqeasi” deb atalgan ushbu voqeadan ufologiya (o‘zga sayyoraliklar haqidagi ma'lumotlarni o‘rganuvchi fan) tarixi boshlangan. Har yili Rozuellda ushbu kunga bag‘ishlangan festival o‘tkazilib, unga 200 mingdan ko‘proq odam tashrif buyuradi.

Ushbu kunda ufologiya ixlosmandlari o‘z davlatlari rahbarlariga NUJ haqidagi ma'lumotlarni oshkor etishni so‘rab maktublar yo‘llashadi. Ko‘pchilik odamlar o‘z davlatlari rahbarlari o‘zga sayyoraliklar haqida oddiy odamlarga ko‘ra ko‘proq ma'lumotga egalar, deb o‘ylashadi.

2 iyul kuni “yerliklar” “NUJ ketidan poylashga” tushishadi, ular o‘z fotoapparatlari yoki videokameralari obyu'yektivlarini NUJni tasvirga olish ilinjida osmonga yo‘naltiradilar. Statistikaga ko‘ra, iyul oyida fan tili bilan tushuntirib bo‘lmaydigan turli g‘ayriodatiy voqealar rekord darajada ko‘p sodir bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish