Jamiyat | 17:54 / 02.07.2015
2801
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘kada “VAZ-2106" avtomobilini o‘g‘irlashda gumon qilinuvchilar hibsga olindi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumani IIB navbatchilik qismiga mahalliy aholi vakilidan “VAZ-2106" rusumli avtomobili noma'lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar kelib tushgan

Ichki ishlar organlari xodimlarining aniqlashlaricha, avtomobil arizachining uyidagi garajidan o‘g‘irlab ketilganligi ma'lum bo‘lgan.

Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxslar shu tumanda istiqomat qiluvchi 23 yoshli va Oqqo‘rg'on tumanida yashovchi 18 yoshli fuqarolar ekanligi aniqlandi va ular qo‘lga olindi. 

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish