Jahon | 14:56 / 02.07.2015
2399
2 daqiqa o‘qiladi

Gvatemalada vulqon otilishi sababli trevoga e'lon qilindi

Gvatemala hukumati tomonidn 1 iyulda vulqon otilishi xavflilik darajasining oxirgidan bitta oldingi “to‘q sariq” darajasi e'lon qilindi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

Bunga Gvatemala poytaxti Fuego shahridan 50 km uzoqlikda joylashgan Fuego vulqonining faollashgani sabab bo‘lgan.

Tabiiy ofatlarni bartaraf qilish qo‘mitasi vakili David de Leonning aytishicha, agar vaziyat salbiy tus olsa, “to‘q sariq” darajadan keyin mamlakatda favqulodda holat kiritiladi hamda vulqonga yaqin joylarda yashovchi aholi evakuatsiya qilinadi.

Fuego vulqonida butun kun davomida kuchli portlashlar kuzatilgan. Bu portlashlar oqibatida havoga 5 km balandlikda kul ustuni otilgan. Havoga ko‘tarilgan kul ustunini shamol janubiy-g‘arbiy tomon olib ketmoqda. Mutassadi xodimlarning ta'kidlashlaricha, mamlakatning bu qismida joylashgan hududlar 1 sm.gacha qalinlikda kul qatlami bilan qoplangani kuzatilmoqda.

Ayni paytda jabrlanganlar hamda ko‘rilgan moddiy zarar haqida hech qanday ma'lumot berilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish