Sport | 08:00 / 02.07.2015
4916
1 daqiqa o‘qiladi

Jibril Sisse Gretsiyada to‘lanmagan soliqlar bo‘yicha qarzini to‘lashga rozi bo‘ldi

Jibril Sisse Gretsiyada to‘p surgan paytda vujudga kelgan soliqlar va jarimalar bo‘yicha qarzini to‘lashga rozi bo‘ldi. 33 yoshli futbolchi 2009 yildan 2011 yilgacha “Panatinaikos” klubida to‘p surgan va klub uning o‘rniga soliqlarni to‘lagan deb o‘ylagan. Biroq Sissening shartnomasida buni nazarda tutuvchi band bo‘lmagan.

Sissening umumiy qarzdorligi 300 ming yevrodan ko‘proqni tashkil qilmoqda, deb xabar bermoqda Gretsiyaning Sport24 portali.

Futbolchi ushbu qarzini 8 yil mobaynida har oy bo‘lib-bo‘lib to‘laydigan bo‘ldi. Qayd etilishicha, futbolchi qarzini bunday tarzda to‘laydigan bo‘lsa, u bir to‘lashda amalga oshiradigan to‘lovidan 30 foizga kamroq pul to‘laydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish