Jamiyat | 14:14 / 02.07.2015
3267
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada o‘zbekistonlik ayolning 3 mln rublini o‘g‘irlab ketishdi

Moskvada noma'lum shaxslar tomonidan o‘zbekistonlik ayolning pullari va zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi. TASS agentligining xabar berishicha, ularning umumiy qiymati 2.8 mln rublga teng bo‘lgan.
Aytilishicha, talonchilar ayolning uyiga bostirib kirib, yuziga zarba berishgan va bog‘lab qo‘yishgan. So‘ng pichoq bilan tahdid qilib, 50 ming rubl naqd pulini va 50 ming dollarlik zargarlik buyumlarini olib chiqib ketishgan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish