Jahon | 10:56 / 02.07.2015
3453
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada fastfud restoranlariga chiqindi solig‘i solish taklif qilindi

Rossiyada fastfud restoranlari chiqaradigan chiqindilar uchun qo‘shimcha soliq solish taklif qilindi. “Izvestiya” gazetasining yozishicha, buning uchun Soliq kodeksiga yangi modda qo‘shiladi.
Ta'kidlanishicha, fastfud nuqtalari odamlarni restoranlarda o‘tirib ovqatlanishni tarkiodat qilishga majburlamoqda. Endilikda ovqatni yo‘lda iste'mol qilib ketsa ham bo‘ladi. Chiqindi esa istalgan joyga tashlab ketiladi.
Chiqindi solig‘i narxi restoranning har kvadrat metri uchun 183 rublni tashkil qiladi. Agar nuqta faqat olib ketiladigan mahsulot sotsa, unda soliq 550 rublgacha ko‘tarilishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish