Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent xalqaro aeroporti modernizatsiya qilinadi
Turizmni rivojlantirish dasturi doirasida Toshkent xalqaro aeroporti modernizatsiya qilinib, uning kompleksida yangi bino quriladi.
Ushbu aeroport 1924 yili qurilgan bo‘lib, turizm industriyasi talablariga har doim ham javob bera olmayotgan edi. 2018 yilga qadar bu yerda yangi yo‘lovchi terminali quriladi. Loyihaning qiymati 797.3 mlrd so‘mni (312 mln dollar) tashkil qiladi.
Bundan ko‘zlangan maqsad aeroportning o‘tkazish qobiliyatini ikki barobarga oshirib, soatiga 3 ming yo‘lovchi o‘tkazish imkoniyatini yaratishdir.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasi vakilining so‘zlariga qaraganda, aeroport xizmatlaridan yiliga 3 mln kishi foydalanadi. O‘tgan yili mamlakatga tashrif buyurgan 2 mln sayyohlarning asosiy qismi aynan shu aeroport orqali o‘tgan.
Aeroport xizmatidan foydalanganlar pasport nazorati xizmatining sekin ishlashi, yukning kelishini uzoq kutish kerakligidan nolimoqda. Aytilishicha, aeroportdan shaharga chiqqunga qadar 3 soat vaqt o‘tib ketadi.