Jahon | 18:24 / 03.07.2015
2464
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yili Qozog‘istonda “mobil hukumat” xizmatlari soni ikki barobarga ko‘payadi

2016 yili Qozog‘iston “mobil hukumati” ko‘rsatayotgan xizmatlar soni 100taga yetadi. Bu joriy yildagi ko‘rsatkichdan ikki barobarga ko‘proqdir.
Bosh vazir Karim Masimovning saytida ma'lum qilinishicha, ayni paytda “Mobil hukumat” loyihasi rahbari Gulmira Isabekova keyingi yil loyihalarini rejalashtirib chiqmoqda.
“Milliy axborot texnologiyalari” aksiyadorlik jamiyatining ma'lumotlariga qaraganda, joriy yilda zamonaviy davlat xizmatlaridan 1 mln dan ortiq fuqaro foydalanishga ulgurdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish