Sport | 12:19 / 03.07.2015
1934
2 daqiqa o‘qiladi

BAAda o‘tkazilgan shaxmat musobaqasida o‘zbekistonlik Javohir Sindarov yettinchi o‘rinni egalladi

30 iyun kuni BAAning Sharja shahrida Sharjah Biltz international chess championship 2015 blits-turniri o‘tkazildi. Unda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan 107 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.

O‘zbekistonlik 9 yoshli shaxmatchi Javohir Sindarov finalda ketma-ket 3 ta g‘alabaga erishdi va 9 imkoniyatdan 7 ochko to‘plab, yettinchi o‘rinni egalladi.

Turnirda ozarboyjonlik grossmeyster G. Guseynov g‘alaba qozondi, ikkinchi pog‘onaga BAA vakili grossmeyster A.R.S. Salim, 3-o‘ringa esa yana bir ozarboyjonlik U. Bajarini joylashdi. 4—9-pog‘onalarni 7 ochko to‘plagan grossmeyster va xalqaro sport ustasi bo‘lgan sportchilar bo‘lishib olishdi. Sport ustaligiga nomzod hisoblangan Javohir Sindarov 7-o‘rinda qayd qilindi.

Ma'lumot uchun, Javohir Sindarov turnirni 25 o‘rinda boshlagan edi.
 
O‘zbekistonlik boshqa shaxmatchilar Shamsiddin Vohidov 5,5, Shahnoza Sobirova 5 va Humoyun Sindarov 4,5 ochko to‘pladi.


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish