Jahon | 18:26 / 03.07.2015
4146
1 daqiqa o‘qiladi

Bishkekda yangi xonadonlar narxlari tushib ketdi

Qirg‘iziston poytaxtida yangi xonadonlar narxi talabning pasayishi tufayli 10-15 foizga tushib ketdi. Bu haqda qurilish kompaniyalaridan birining rahbari Doniyor Imonaliyevning so‘zlariga tayangan holda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.
Mutaxassisning so‘zlariga qaraganda, mijozlarning ko‘pchiligi shaharning markazida yoki janubiy mittitumanlarda joylashgan 50-75 kv m maydonga ega xonadonlarni sotib olishni istaydi. Bishkekning boshqa hududlarida talab aytarli yuqori emas.
Ma'lumot uchun, Bishkekdagi xonadonlar narxi 20-30 ming dollardan boshlanib, 200 ming dollargacha boradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish