Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya prezidenti AQSh rahbarlarini brontozavrlarga qiyosladi
Chexiya prezidenti Milosh Zemanning fikricha, AQSh rahbariyati o‘z faoliyatiga tanqidiy ko‘z bilan qarashga qodir emas. Uning so‘zlarini Parlamentnilisty.cz sayti keltirmoqda.
Chexiya prezidenti amerikalik hamkasbi Barak Obamaning 50 yil davomida amal qilib kelgan Kubaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish tashabbusini olqishladi. Bu bilan, Zemanning fikricha, AQSh hukumati birinchi marta o‘z ishlariga to‘g‘ri baho bera oldi.
“Ammo haqiqat shundaki, siyosatchilarning intellekti o‘z xatosini to‘g‘irlashga sarflaydigan vaqti bilan o‘lchanadi. Agar siz vaziyatni 50 yil o‘tib ketgandan so‘ng to‘g‘irlasangiz, siz o‘z xatosini to‘g‘irlaguncha qirilib ketgan brontozavrlar qismatiga sherik bo‘lishingiz mumkin”, – ta'kidlab o‘tdi Chexiya yetakchisi.