Jahon | 08:23 / 03.07.2015
2206
1 daqiqa o‘qiladi

Tsipras: Banklar kreditorlar bilan kelishuvga erishilganidan keyin ochiladi

Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras keyingi hafta boshida kreditorlar bilan kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda. U shundan so‘ng mamlakatdagi banklar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilishini aytgan. Bu haqda u ANTI telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

"Biz umumxalq referendumi bo‘lib o‘tganidan keyin 48 soat ichida kreditorlar bilan kelishuvga erishishga harakat qilamiz. Shundan keyin banklar ochilishi mumkin", deydi u.

"Men muzokara jarayonida yon berishga tayyorman. Agar qabul qilib bo‘lmaydigan talablar qo‘yilsa, kelishuv amalga oshmaydi. Biz bor imkoniyatlarni ko‘rib chiqamiz va grek xalqiga yaxshi bo‘lishiga harakat qilamiz", deydi bosh vazir.

"Lekin kelishuvga erishilsa va bu qanchalik nochor bitim bo‘lmasin, yutuq sifatida qaraladi hamda keyin zarur jarayonlar boshlanadi", deb ma'lum qiladi Aleksis Tsipras.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish