Fan-texnika | 18:37 / 03.07.2015
5318
1 daqiqa o‘qiladi

Londonlik dizayner dunyodagi eng kichik portfolioni yaratdi

Londonlik dizayner va rassom Maykl Uilyams Lester dunyodagi eng mitti portfolioni yaratdi. Uning kengligi 24 mm ni, balandligi esa 19 mm ni tashkil qiladi.

Loyiha Jelly London prodakshn agentligi brifining natijasi bo‘ldi. Brif D&AD New Blood Festival kreativ va reklama festivaliga bag‘ishlangan edi.
“Aytishlaricha, eng yaxshi g‘oyalar bitta stikerga sig‘ishi kerak, – dedi Lester Adweek nashriga bergan intervyusida. – Men undan ham nari borib, hajmni imkon qadar kichraytirishga harakat qildim”.