Jahon | 00:01 / 03.07.2015
3752
1 daqiqa o‘qiladi

Marokashda ekstremizmga qarshi kurash muassasasi tashkil etiladi

Marokash davlatida afrikalik ulamolarning ekstremizmga qarshi kurash olib borishdagi ishtirokini ta'minlash maqsadida “Muhammad VI” muassasasini tashkil etish ma'lum qilindi.

Mazkur muassasani tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad Marokash va boshqa Afrika davlatlaridagi ulamolarning islomning bag‘rikenglik g‘oyalarini mustahkamlash borasidagi harakatlarini muvofiqlashtirish va birlashtirishdir. Shuningdek, Afrikada ma'naviy, diniy qadriyatlarni saqlab qolish hamda Islom dinining birdamligini muhofaza etish, adashgan oqimlar va ekstremistik g‘oyalarga qarshi kurashish, Afrika xalqlarining ma'naviy birligi va islom aqidasini himoya etishga targ‘ib qiluvchi ishlarni faollashtirishdan iborat.

Marokash davlati Qirollik farmoniga muvofiq, muassasa rahbariyati va xodimlarini Marokash va boshqa Afrika davlatlaridan yetishib chiqqan bilimli, obro‘ va tajribaga ega bo‘lgan shaxslar tashkil etadi. 

Muslim.uz / Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi Ilyos Ahmedov tayyorladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish