Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"MYu" Di Mariya uchun "Bavariya"dan 50 mln yevro so‘ramoqda
"Manchester Yunayted» klubining argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariya o‘z faoliyatini «Bavariya»da davom etririshi mumkin.
Bild nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» ijrochi direktori Ed Vudvord va «Bavariya» texnik direktori Mixael Reshke ayni paytda futbolchining transferi borasida muzokara olib borishmoqda.
Ingliz klubi yarim himoyachi uchun 50 milion yevro so‘ramoqda. Biroq «Bavariya» bu narxga rozi bo‘lishi aniq emas.
Ma'lumot uchun, Di Mariya o‘tgan yili «Manchester Yunayted» tarkibiga «Real»dan 75 mln yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi. U «MYu» safida 27ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urgan hamda 10ta golli uzatmani amalga oshirgan.