Sport | 09:59 / 03.07.2015
2102
1 daqiqa o‘qiladi

Nadal “Uimbldon” turniridagi ishtirokini ikkinchi davradayoq yakunladi

Dunyoning sobiq birinchi raketkasi, ayni paytda reytingda 10-o‘rinni egallab turgan Rafael Nadal Londonda davom etayotgan nufuzli “Uimbldon” turniridagi ishtirokini erta yakunladi.

Mukofot jamg‘armasi salkam 28 million dollarni tashkil etuvchi musobaqaning ikkinchi davrasida ispaniyalik raketka ustasi germaniyalik Dastin Braunga imkoniyatni boy berdi.

Ikki soatu 37 daqiqa davom etgan uchrashuvda Braun 7:5, 3:6, 6:4, 6:4 hisobida zafar quchdi. 30 yoshli Braun dunyo reytingida 102-pog‘onadan joy olgan. Endi Dastin uchinchi bosqich bahsida serbiyalik Viktor Troitskiga qarshi kortga chiqadi.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish