Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Udmurtiyada relsli avtobuslar yig‘ilishi yo‘lga qo‘yiladi
Rossiyaning Udmurtiya respublikasida temir yo‘l relslarida yuradigan avtobuslarni yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda respublika sanoat va savdo vaziri Oleg Radionov TASS agentligiga xabar qildi.
Rossiya temir yo‘llari rahbari Vladimir Yakunin kompaniyaning bunday turdagi transportga jiddiy qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi. Udmurtiya rahbari Aleksandr Solovyovning so‘zlariga qaraganda, ma'muriyat ushbu ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi uchun qo‘lidan kelgancha yordam beradi.
45 o‘rinli relsli avtobuslarni terish Kambarsk mashinasozlik zavodida yo‘lga qo‘yiladi. Dvigatelning quvvati 400 ot kuchini tashkil qiladi. Buyurtmachining talabiga binoan elektrli, dizelli yoki gazli dvigatel ham o‘rnatib berilishi mumkin. Mahsulotning narxi haqida ma'lumot berilmadi.