Jamiyat | 17:30 / 03.07.2015
3547
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy kompaniyasi beruxsat homilador bo‘lgan xodimlarini jarimaga tortadi

Xitoydagi mahalliy korxonalardan biri o‘z ishchilaridan homilador bo‘lish uchun ruxsat olishni so‘radi. Aks holda bunday qoidaga amal qilmagan xodimalar jarimaga tortiladi. Bu haqda Business Insider nashri xabar tarqatgan. Xabarda mazkur korxonaning nomi ochiqlanmagan.

«Turmushga chiqqan ayol xodimlardan kompaniyada bir yildan ortiqroq vaqt ishlaganlarigina tug‘ish bo‘yicha taqvim rejaga ariza topshirishlari mumkin», deyiladi Xitoyning Xenan provinsiyasi kredit tashkilotlaridan birining reglamentida. Qoidaga ko‘ra, xodim taqvim bo‘yicha rejaga kiritilgandan keyin uni bemalol ado etishi mumkin. «Kimdir mazkur rejani buzgan holda homilador bo‘lsa ming Xitoy yuani (161 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortiladi», deyiladi hujjatda.

The Paper yangiliklar portali mazkur hujjatdan olingan skrinshotni chop etdi. Kredit tashkiloti vakillari bu xabarni tasdiqlashdi. Biroq hali bu sinov tariqasida xodimlarning bu boradagi fikrlarini o‘rganish uchun tayyorlanganini ta'kidlashgan. Mazkur hujjat Xitoy matbuoti tomonidan keskin tanqidlarga uchramoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish