Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aleksandr Geynrix: O‘zbekistondagi stadionlarda yoritkichlar bor va issiqda o‘ynash shart emas
Qozog‘istonning “O‘rdabasi” klubi hujumchisi Aleksandr Geynrix Yevropa Ligasi doirasida Isroilning “Beytar” jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv (0:0) jazirama issiq ostida kechganidan shikoyat qildi.
- Bu o‘yinda bizga biroz bardamlik yetishmadi. Bunday jaziramada ishtiyoqni saqlab qolish juda qiyin. Quyosh jizg‘inak qilib yubordi. Raqib esa hech narsa bilan hayron qoldirgani yo‘q. Biz xuddi shunday o‘yinga tayyorgarlik ko‘rgan edik. Kumikov o‘yindan so‘ng bizga hech narsa yo‘qotilmaganini aytdi. Safarda g‘alaba qozonishimizga ishonaman.
- Siz uzoq vaqt O‘zbekistonda o‘ynagansiz. U yerda bunday issiqda ko‘p o‘yinlar o‘tkaziladi.
- O‘zbekiston chempionatidagi stadionlarda yoritkichlar bor va biz bunday issiqda o‘ynamaganmiz. Nima uchun bu yerda ham yoritkich o‘rnatilmagan – bunisini men bilmayman. Umid qilamanki, yoritkichlar o‘rnatishadi.
- Javob o‘yini namgarchilik yuqori bo‘lgan dim va issiq havo ostida kechadi. Bunday o‘yinda g‘olib chiqish mumkinmi?
- Nimaga mumkin emas ekan? G‘olib chiqishga ishonmasak, u yerga borib nima qildik? Safardan g‘alaba bilan qaytishimizga ishonaman, - deydi Geynrix.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvni tomosha qilish uchun O‘zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi Ravshan Haydarov Chimkent shahriga tashrif buyurgan edi. Murabbiy Geynrixning o‘yinini kuzatgan. Hujumchi O‘zbekiston terma jamoasiga chaqirilishi kutilmoqda.