Jamiyat | 18:23 / 04.07.2015
6118
2 daqiqa o‘qiladi

Ganada immunitetini ko‘tarish maqsadida ilon zahrini ichgan erkak zaharlanib o‘ldi

Ganada 53 yoshli erkak o‘z immunitetini ko‘tarish maqsadida ilonning chopilgan boshidagi barcha zaharni ichishi oqibatida zaharlanib o‘ldi. Bu haqda Ghana News Agency xabar bermoqda.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu voqea Musa Jikpor ismli ushbu shaxsning o‘z do‘stining fermasiga borganida sodir bo‘lgan. Fermadagi traktorchi yo‘lda ilon ko‘rib qolgan va uni yo‘ldan olib tashlamoqchi bo‘lgan. Biroq ilon o‘zini tajovvuzkor tutgani sababli traktorchi uni machete bilan boshini chopib tashlagan. Bu yerlarda ilonning boshi qimmatli mahsulot hisoblangani bois, qishloq aholisi bu o‘lja kimga nasib qilishi borasida bahslasha boshlagan.

Bu orada Jiklor ilonning boshini qo‘lga kiritib, undagi barcha zaharni ichib yuborgan. Yarim soatdan keyin u shifoxonaga olib ketilayotganda yo‘lda vafot etgan. Guvohlarning ta'kidlashlaricha, zahar Jiklorning terisi rangiga darrov ta'sir qilgan.

Politsiya Jiklorning ilon zahridan o‘lganini tasdiqladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish