O‘zbekiston | 07:28 / 04.07.2015
3138
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston bosh vaziri 6-7 iyul kunlari O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov taklifi bilan 6-7 iyul kunlari O‘zbekistonga Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ishchi safar uyushtiradi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar davomida O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarining rivojlanishining joriy ahvoli va istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro xarakterdagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Hindiston bosh vazirining safari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Hindistonning qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga qaratilgan bir qator hukumatlararo va vazirliklararo hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati Hindiston elchisi Vinod Kumar bilan uchrashib, bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama tadbirlarning o‘tkazilishi bilan bog‘liq amaliy masalalarni muhokama qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish