Sport | 07:59 / 04.07.2015
1870
1 daqiqa o‘qiladi

UYeFA «Manchester Siti»dan barcha moliyaviy cheklovlarni olib tashladi

UYeFA «Manchester Siti»ga nisbatan qo‘yilgan barcha cheklovlarni bekor qildi. Klub o‘tgan yilning yozida moliyaviy feyr pleyga amal qilmagani uchun jazolangan edi.

«Manchester Siti» tomonidan olib borilayotgan ishlar UYeFA talablariga mos kelayotgani aytilgan. Shu tariqa "shaharliklar" endi qimmat narxga futbolchi sotib olishlari mumkin. Cheklov vaqtida «Manchester Siti» transferlar uchun faqat 49 million funt sarflashi mumkin edi.

Boz ustiga klub Chempionlar ligasiga topshiriladigan ro‘yxatni ham oshirishi mumkin. Bir yil muqaddam bu ro‘yxat 21 futbolchi ko‘rinishida cheklangan edi.

Eslatib o‘tamiz, UYeFA 2 iyul kuni "PSJ" jamoasidan ham barcha moliyaviy cheklovlarni soqit qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish