Sport | 05:45 / 05.07.2015
4894
1 daqiqa o‘qiladi

Amerika kubogi final uchrashuvida chililik muxlislar stadionda bo‘lgan Messining yaqinlarini haqorat qilishdi

Argentina terma jamoasi Lionel Messining yaqinlari Amerika kubogi finalida noxush holatga tushib qolishdi.

Uchrashuvning 1-taymi oxirida Chili termasi muxlislari stadionda o‘tirgan Messining ota-onasi Xorxe va Seliya, aka-ukalari Rodrigo va Matias hamda jiyanlari Augustin va Tomasni o‘rab olib, haqoratlay boshlashgan.

Kelib chiqqan mojaroda Lionelning akasi Rodrigo Messining orqasiga kimdir urgan. Natijada Messining yaqinlari mehmonlar uchun ajratilgan joyga kirib olishlariga to‘g‘ri kelgan.

Messi bu ko‘ngilsizlik haqida tanaffus paytida xabar topgach, juda ham xavotirlangan.

Chili konsuli chililik muxlislarning ushbu nojo‘ya xatti-harakatlari uchun Messining oilasidan uzr so‘radi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish