Jamiyat | 14:29 / 05.07.2015
5638
1 daqiqa o‘qiladi

Kubandagi vino bochkalari saqlanadigan omborxonada o‘zbekistonlik 2 ishchining jasadi topildi

Ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Anapa yaqinidagi vino bochkalari saqlanadigan omborxonada ishlash vaqtida halok bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

"Yurovka qishlog‘idagi sobiq yog‘ zavodi o‘rnida tashkil etilgan vino bochkalari omborxonasida 21 va 23 yoshli ikki nafar yigitning jasadi topilgan. Xonani tozalash vaqtida etildan zaharlanish tufayli nobud bo‘lgan bu mehnat muhojirlari O‘zbekiston fuqarolari ekani aniqlangan", deyiladi xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish